Prezident bugun Samarqandda yigʻilish oʻtkazadi

Safar davomida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishiladi. 

Siyosat
24-avgust 2023 yil
Prezident bugun Samarqandda yigʻilish oʻtkazadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida boʻladi. Davlat rahbari viloyatda yigʻilish oʻtkazishi  kutilmoqda. 

Safar davomida viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, taʼlim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat koʻrsatish loyihalari bilan tanishiladi. Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari boʻyicha yigʻilish oʻtkaziladi. 

Shuningdek, prezident yigʻilishida ayrim mansabdorlar ishdan olinishi kutilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident Toshkent viloyati va Fargʻonadagi yigʻilishlarda koʻplab hokimlar, IIB va soliq boshliqlarini ishdan boʻshatgandi. 

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+