platina.uz
Jamiyat

Rossiyada pensioner ikki oʻzbekistonlikni qullikda ushlab turgani aniqlandi

Qayd etilishicha, qariya 71 yoshda boʻlib, Stavropol oʻlkasida yashagan. 

Rossiyada pensioner ikki oʻzbekistonlikni qullikda ushlab turgani aniqlandi

Rossiyada pensioner ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosini 20 ming rublga sotib olib, olti oy davomida oʻz fermasida ishlashga majbur qildi, deya yozadi Rossiya OAVlari.

Qayd etilishicha, qariya 71 yoshda boʻlib, Stavropol oʻlkasida yashagan.

2022 yil oxirida nafaqaxoʻr ikki doʻsti bilan Rossiyada noqonuniy yashab, qullikka aylangan 31 yoshli erkak va 27 yoshli ayolni nomaʼlum shaxslardan sotib olgan.

Muhojirlar Shpakovskiy munitsipal tumanidagi “Aviator” bogʻdorchilik shirkatida nafaqaxoʻrning dacha uyida ishlagan. Erkak oʻzbekistonliklarni tuman militsiyasi xodimi topguniga qadar taxminan olti oy ushlab turgan.

Natijada nafaqaxoʻr qonunga zid ravishda ozodlikdan mahrum qilish va noqonuniy migratsiya boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblanuvchiga aylandi. Erkak hibsga olinib, qamoqqa joʻnatildi. Uning sherigi uy qamogʻiga olingan. Nomaʼlum odam sotuvchilar qidirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid