Oʻzbekiston soʻnggi vaqtlarda chetga juda koʻp oltin sotmoqda
Shuningdek, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida tashqi savdo aylanmasi 34,9 mlrd AQSh dollaridan oshdi.

Iyul oyining oʻzida Oʻzbekiston 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Yil boshidan beri oltinning chetga sotuvi 5,6 mlrd dollarga yetdi. Bu 2022 yilning shu payti bilan solishtirilganda 2,1 barobar koʻp.
Bu haqda Statistika agentligi taqdim etgan maʼlumotda aytiladi.
Qayd etish joizki, 2021 va 2022 yillarda 4,1 mlrd dollarlik oltin sotilgandi.
Shuningdek, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 34,9 mlrd AQSh dollaridan oshdi. Bunda eksport 14,9 mlrd dollarni, import esa 20 mlrd dollarni tashkil etgan. Koʻrinib turganidek, import hajmi ancha koʻp.
Asosiy xorijiy hamkorlar Xitoy, Rossiya va Qozogʻiston boʻlib qolmoqda.




