platina.uz
Jamiyat

Yaponiya Koreyani bosib olgan, ellik ming soʻmlik chiqarilgan kun

Platina.uz 21 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Yaponiya Koreyani bosib olgan, ellik ming soʻmlik chiqarilgan kun

22 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi.

Oʻzbekistonda 2023−2024-oʻquv yili uchun OTMga qabulning yakuniy tanlov natijalari (mandat) eʼlon qilindi.

Din yoki eʼtiqodga asoslangan zoʻravonlik harakatlari qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni.

Voqealar.

1864 yil – Birinchi Jeneva konvensiyasi imzolandi.

1865 yil – Uilyam Shepperd suyuq sovun uchun patent oldi.

1906 yil – Kuba ishbilarmonlari Kubani anneksiya qilish iltimosi bilan AQShga murojaat qilishdi.

1910 yil – Koreyaning Yaponiyaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

1911 yil – Angliyada har qanday rasmiy hukumat maʼlumotlarini ruxsatsiz nashr etish jinoyat deb hisoblangan maxfiy qonun qabul qilindi.

1914 yil – urush paytida Rossiyada spirtli ichimliklarni sotish taqiqlandi.

1923 yil – Turkiston respublikasi Ichki ishlar xalq komissari N.Aralbayev tomonidan suv militsiyasining Nizomi tasdiqlandi. Tarixchi olim Avaz Yermetovning qayd etishicha, unda: “suv militsiyasi xodimlari umumfuqaroviy militsionerlarga tegishli hamma vakolatlarga ega boʻlib, ularning asosiy vazifalari sugʻorish va sugʻorish inshootlari bilan bogʻliq barcha masalalarni nazorat qilishdan iborat”, deb koʻrsatilgan edi.

1932 yil – BBC eksperimental televizion eshittirishni boshladi.

1952 yil – Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining byurosi “Oʻrtoq V.Yu.Zohidovning xatolari va mafkuraviy aynishi toʻgʻrisida” qaror chiqardi. Bu qarorga muvofiq respublikaning tanikdi faylasuf va adabiyotshunosi Vohid Zohidov “qoʻpol siyosiy va millatchilikdan iborat xatolarga yoʻl qoʻyganligi uchun” partiyadan oʻchirildi, Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) oʻqituvchisi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi lavozimidan nohaq boʻshatildi.

1984 yil – oxirgi Volkswagen Rabbit ishlab chiqarildi.

1988 yil – Avstraliyada birinchi koala platina tangasi chiqarildi.

1989 yil – Neptun halqalari topildi.

2001 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan marhum adabiyot va sanʼat namoyandalarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga asosan, betakror isteʼdodi va oʻlmas ijodiy merosi bilan oʻzbek milliy madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, butun hayotini el-yurt taraqqiyoti, xalqimiz maʼnaviyatining yuksalishiga baxsh etgan vatandoshlarimizning xotirasini yod etib, ularning Vatan oldidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib, oʻn yetti nafar marhum adib va sanʼatkorlar “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

2002 yil – Avstraliya poytaxti Kanberra qitʼada abortni qonuniylashtirgan birinchi hududga aylandi.

2014 yil – Oʻzbekiston Prezidenti farmoniga asosan, mustaqillik yillarida shahar ahlining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, xalqimizning tarixiy va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, yoshlarimizni ulugʻ ajdodlarimizga xos ezgu qadriyatlar, mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan Termiz shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi.

2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 50000 (ellik ming) soʻm boʻlgan banknot koʻrinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqardi.

Tavalludlar.

1886 yil — fransuz aktrisasi, dunyodagi birinchi uchuvchi ayol Raymond de Laroche;

1920 yil – amerikalik fantast yozuvchi Rey Bredberi;

1973 yil – oʻzbek davlat arbobi, 2016 yili Milliy tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlgan Sarvar Otamurotov;

1994 yil – Malayziya Superligasining Terengganu klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydigan oʻzbek professional futbolchisi Sardor Qulmatov;

1997 yil – argentinalik futbolchi Lautaro Martines tavallud topgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid