Ikki yirik dengiz birlashgan goʻzal port shahar — Goʻjek
Oʻtmishda Goʻjek Kalimche nomi bilan tanilgan va mashhur yunon afsonasiga koʻra, u Ikarusning quyoshga juda yaqin uchishi natijasida qulagan joyi hisoblangan.

Goʻjek - Oʻrta Yer va Egey dengizlari uchrashadigan goʻzal port shahridir. U butun dunyodan yaxta ixlosmandlarini jalb qiluvchi oltita yirik porti bilan mashhur. Koʻpgina guletlar (anʼanaviy yogʻoch qayiqlar) uchun Moviy Kruizning boshlangʻich nuqtasi boʻlgan portda, siz butun qayiqni yoki haftalik sayohatlar uchun faqat maʼlum kabinasini ijaraga olishingiz mumkin.
Koʻyjegiz va Fethiyening markazida joylashgan Goʻjekka Dalaman aeroportidan osongina kirib borish mumkin. Bu xususiyati bilan Goʻjek bir kechalik qolish uchun ham mukammal tanlov sanaladi.
Oʻtmishda Goʻjek Kalimche nomi bilan tanilgan va mashhur yunon afsonasiga koʻra, u Ikarusning quyoshga juda yaqin uchishi natijasida qulagan joyi hisoblangan.
Kichik va shinam shaharchada, piyoda yurish masofasidagi uzoqlikda Oʻrta Yer dengizi va Egeyning tabiiy goʻzalligiga qaragan koʻplab zamonaviy kafe va restoranlar, shuningdek, bir qancha manzarali makonlarni uchratish mumkin.
Oʻrta Yer dengizi va Egey tutashgan muhtasham manzaralar va joylar...

Letun (Letoon) qadimiy teatri
Letun Kash va Fethiye oʻrtasida, Ksantosdan taxminan 4 km janubda joylashgan. Letun Likiya mintaqasining muhim diniy markazi ekanligi bilan mashhur. U Likiyaning uchta milliy xudolari - Leto, Apollon va Artemidaga bagʻishlangan. Arxeologik tadqiqotlar davomida u yerdan, ilk nasroniylik davriga oid cherkov xarobalari topilgan.

Tlos
Fethiye yaqinidagi Tlos, Likiya hududining eng asosiy diniy markazlaridan biri sifatida mashhur. Tlos tarixi miloddan avvalgi 2000 yilga borib taqaladi. Nekropol (qadimgi sarkofag va qabriston hududi) shahar akropolining qoyali tepalarida joylashgan. Likiyaning yuqori darajada ishlab chiqilgan uy tipidagi qabrlari aynan shu yerda joylashgan. Nekropoldagi shohona qabr Bellerofonga bagʻishlangan.

Kayakoʻy
Kayakoʻy 1700 yillardan qolgan kichik togʻ yonbagʻrida joylashgan tashlandiq yunoncha uslubdagi uylar va cherkovlardan iborat. Turkiya Respublikasi tashkil etilgandan soʻng 1923 yilda Gretsiya va Turkiya oʻrtasida almashinuv shartnomasi imzolandi. Bu kelishuv bilan Levissi nomi bilan ham tanilgan yunon nasroniylarining aksariyati Kayakoʻyni tark etib, Yunonistonga joylashdilar. Mahalliy aholi tomonidan tashlab ketilgan shahar, birinchi jahon urushidan keyin mahalliy aholiga majburiy safarbarlikni yodga solishga undaydi. Mintaqa, XX asr tarixi mutloq tasvirlangan Lui de Berniyeresning mashhur "Qanotsiz qushlar" romanida juda koʻp yoritilgan. Eski shaharning chekkasida nomdor va nisbatan hamyonbop mehmonxonalar mavjud.

Telmessos antik teatri
Qadimgi Likiyaning eng katta shahri Telmessos shahar qoldiqlari zamonaviy Fethiye shahri boʻylab tarqalgan. II asrda qurilgan Rim tipidagi tipik teatr 5000 kishiga moʻljallangan. 1993 yilda Fethiye muzeyi boshqaruvi raisligi vakolati bilan qazilgan. Teatrni taʼmirlash uchun qayta ishlash loyihasi ishga tushirildi. Fethiye arxeologiya muzeyida; Likiya, Rim va Usmonli davrlariga oid koʻplab arxeologik topilmalar bilan bir qatorda, ushbu mintaqaga xos etnologik sanʼat asarlari ham namoyish etiladi.

Ksantos antik teatri
Ksantos antik shahri Fethiyening janubi-sharqida, Esen tekisligi ustidagi tepaliklarda joylashgan. Bu yerda 900 dan ortiq qoyatosh qabrlar va bir parcha toshdan yasalgan uy qabrlari joylashgan.
Vodiyning narigi tomonida birinchi goʻzallik tanlovlari oʻtkazilgan joy sifatida tanilgan Pinara joylashgan. Afrodita maʼbudasiga bagʻishlanib qurilgan Pinara, ziyoratgoh boʻlgani sababli muhim ahamiyat kasb etdi.

Gemiler oroli
Gemiler oroli hanuzgacha Likiya xarobalari, jumladan, baʼzi mozaikalar va Vizantiya cherkovlarining qoldiqlari bilan qoplangan. Bugungi kunda, Nikolay nomi bilan ham yuritiladigan ushbu hudud nasroniylik vujudga kelgan ilk joylardan biridir.




