platina.uz

Madaniyat vazirligi 15 ta furgon uchun 8 mlrd. ajratdi

Bu furgonlar prezidentning 2022 yil 2 fevraldagi PQ-112-son qarorining 5-ilovasiga asosan sotib olinishi belgilangan.

Davlat xaridlari
21-avgust 2023 yil
Madaniyat vazirligi 15 ta furgon uchun 8 mlrd. ajratdi

Madaniyat vazirligi buyurtmasiga koʻra ISUZU NPR 75L-K rusumli 15 dona yuk transportlari sotib olish uchun davlat byudjetidan 8,1 mlrd. soʻm ajratildi.

Bu furgonlar prezidentning 2022 yil 2 fevraldagi PQ-112-son qarorining 5-ilovasiga asosan sotib olinishi belgilangan. Shunda davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davlat teatrlari va "Oʻzbek davlat sirki" uchu avtobus va yuk transport vositalari beriladi.

Katta ehtimol bilan bu furgonlardan koʻchma teatr va konsert tomoshalarini namoyish qilish uchun foydalaniladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+