Afgʻoniston-Oʻzbekiston chegarasidagi keskinlik — kun voqealari
Platina.uz 21 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

21 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Xalqaro terrorizm qurbonlarini xotirlash kuni.
1192 yil – Yaponiyada imperator hokimiyati syogun – bosh qoʻmondon kuchi bilan almashtirildi.
1841 yil – Jon Xempton rolikli pardalarga patent oldi.
1860 yil – Britaniya Kolumbiyasida (Kanada) oltin topildi.
1902 yil – General Motors konsernining hashamatli avtomobillar ishlab chiqarish boʻlimi boʻlgan Cadillac kompaniyasiga asos solindi. Bu ajoyib ism Detroyt shahrining asoschisi Antuan da La Motte Kadillak xotirasiga berilgan.
1911 yil – Mona Liza Luvrdan oʻgʻirlandi. Ikki yil oʻtgach, rasm tasodifan Florensiyada topildi. Keyinchalik hibsga olingan Vinchenso Perugia ismli oʻgʻirlab ketuvchi oʻz qilmishini Napoleon I tomonidan oʻgʻirlangan asarni Italiyaga qaytarish orqali adolatni tiklash istagi bilan izohladi.
1937 yil – sobiq SSSRda Polsha Kommunistik partiyasi rahbarlari qatl etildi.
- Sobiq SSSR va Xitoy hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar.
1947 yil – sobiq SSSR Italiya va Avstriyaning BMTga kirishiga veto qoʻydi.
1948 yil – Buyuk Britaniya Isroilning BMTga kirishiga veto qoʻyishini eʼlon qildi.
1965 yil – Ruminiya sotsialistik davlat deb eʼlon qilindi.
1981 yil – Olimlar birinchi marta matbuotda Yerdagi global isish xavfi haqida xabar berishdi.
1991 yil – Latviya oʻz mustaqilligini tiklaganini eʼlon qildi.
2006 yil – mobil qurilmalar uchun moʻljallangan yangi ommaviy domen .mobida domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.
2017 yil – koinotda gʻaroyib hodisa – Quyosh tutilishi roʻy berdi. Bu Quyosh tutilish hodisasi naq bir yarim soat davom etgani sabab tarixiy va noyob voqea boʻlgan.
2022 yil – Afgʻoniston fuqarolari Oʻzbekiston Davlat chegarasini Paygʻambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududi orqali noqonuniy kesib oʻtishga urindi. Mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgani qayd etildi. Voqea sabab ikki nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgan, olti nafari yaralangan.
Tavalludlar.
1930 yil – Buyuk Britaniya qirollik oilasining aʼzosi, qirol George VI ning qizi, qirolicha Elizabet IIning yagona singlisi Malika Margaret;
1948 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov;
1949 yil – kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi, Oʻzbekiston Badiiyot akademiyasi akademigi Shahnoza Moʻminova;
1973 yil – ogʻir vazn toifasida rossiyalik professional bokschi Nikolay Valuyev;
1996 yil – oddiygina Igor Silva yoki ilgari Igor Carioca nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Fransiyaning Loriyent klubida oʻng qanot himoyachisi Igor Silva de Almeida tavallud topgan.




