platina.uz
Jamiyat

Butunjahon yalqovlar kuni

Platina.uz 20 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Butunjahon yalqovlar kuni

20 avgust sanasi bilan bogʻliq voqealar.

Butunjahon chivinlar kuni.

Butunjahon yalqovlar kuni.

Oʻzbekistonda Tadbirkorlar kuni.

1868 yil – Shimoliy va janubiy urushning tugashi AQShda rasman eʼlon qilindi.

1896 yil – terma telefon patentlangan.

1913 yilning – Behbudiy «Oyna» jurnalini nashr eta boshladi. U haftasiga bir marta nashr qilinib, unda asosan oʻzbek tilidagi maqolalar bosilgan, shuningdek, fors tilidagi sheʼr va maqolalar, rus tilidagi eʼlonlar ham chop etilgan. Jurnal tarixi va muallifi hayotini jiddiy tadqiq etgan olim Begali Qosimov «Jurnal dastlab haftasiga bir marta, 1914 yildan boshlab esa, 15 kunda bir marta chiqqan. Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston va Turkiya kabi davlatlarga ham tarqatilar edi», – deb yozadi.

  • Kiyevda birinchi Butunrossiya sport olimpiadasi ochildi.

1960 yil – kosmosga uchirilgan tirik mavjudotlar Belka va Strelka itlari birinchi marta Yerga qaytib kelishdi.

1964 yil – Intelsat telekommunikatsiya sunʼiy yoʻldoshlari turkumiga ega boʻlgan kompaniyaga asos solingan.

1975 yil – Viking dasturi: NASA Viking 1 ni Marsga uchirdi.

1983 yil – Qoʻshma Shtatlar SSSRga quvurlarni qurish uchun uskunalar yetkazib berishga embargo qoʻydi.

1988 yil – Eron-Iroq urushi (1980-1988) tugadi.

1998 yil – Beruniy shahrida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy muzeyi binosining poydevoriga birinchi gʻisht qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

1999 yil – «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida», «Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida», «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida» Qonunlar qabul qilindi.

2002 yil – General Motors korporatsiyasi 700 000 ta avtomobilni qaytarib olishini eʼlon qildi. 2000-yilda ishlab chiqarilgan “Chevrolet” va “GMC” pikap va mikroavtobuslarida xavfsizlik yostiqchalarida nosozliklar aniqlangan.

2009 yil – yurtimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy demokratik davlat barpo etish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo hamkorlik, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi, ezgu anʼanalarni saqlash, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizni yuksaltirish, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari uchun hamda 2200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent shahrini «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni qabul qilindi.

2010 yil – Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali tashkil etildi.

2020 yil – rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy zaharlandi.

Tavalludlar.

1377 yil – Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli Shohruh Mirzo dunyoga keldi. Tarixchi olim Turgʻun Fayziyevning naqlga tayanib qayd etishicha, Shohruh Mirzo tugʻilishi bilan bu xushxabarni Amir Temurga yetkazmoq uchun Saroyga xabarchi yuboradilar. Ayni shu asnoda sohibqiron shatranj (shaxmat) oʻyini bilan mashgʻul boʻlib, qoʻlini «ruh» donasiga choʻzganda, xabarchi kirib yangi mehmon dunyoga kelgani haqida xushxabarni yetkazadi. Sohibqiron qoʻlida ushlab turgan «ruh» donasiga boqarkan, miyigʻida kulib ismi «Shohruh» boʻlsin degan ekan.

1931 yil – amerikalik boks promouteri va funsioneri Don King tugʻilgan.

1932 yil – iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Murod Sharifxoʻjayev tavallud topdi. U 1994–1995 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi raisi boʻlgan. Uning ilmiy ishlari Oʻzbekistonda kapital qurilishi, iqtisodiy nazariya, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xalq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, aholini ish bilan taʼminlash va boshqa masalalarga bagʻishlangan.

1941 yil — Serbiya (1991-1997) va Yugoslaviya (1997-2000) prezidenti Slobodan Miloshevich tugʻilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid