AQSh prezidenti Saida Mirziyoyeva harakatlariga baho berdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi. Forbes nashri maktub matnini eʼlon qildi, unda prezidentning toʻngʻich qizi Saida Mirziyoyeva haqida ham gap boradi.
Maktubda Bayden Oʻzbekiston Prezidentiga ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirgan. AQSh prezidenti Oʻzbekiston prezidentining toʻngʻich qizi haqida ham uning oiladagi zoʻravonlikka qarshi kurash borasidagi saʼy-harakatlarini tilga oladi.
“Bundan tashqari, shu yil boshida qizingiz Saidani [Mirziyoyeva] Oq uyda kutib olish biz uchun sharaf boʻldi. Uning faolligi va sizning gender va oiladagi zoʻravonlikni jinoiy javobgarlikka tortish borasidagi dadil qatʼiyatingiz tahsinga loyiq», - deb yozadi AQSh prezidenti.
Jo Bayden oʻtgan yil davomida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik “yangi choʻqqilarga koʻtarilganini, jumladan, savdo va sarmoyaviy aloqalarimizni mustahkamlash, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy muammolarni hal etishda birgalikda harakat qilish”ni taʼkidladi.
Bundan tashqari, Bayden oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyevni sentabr oyi oxirida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi ochilish kunlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo – AQSh (C5+1) formatidagi birinchi sammitga taklif qilgan. Xatda aytilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh prezidentlarining uchrashuvi 19 yoki 20 sentabrga belgilangan.