platina.uz
Jamiyat

Toshkent metrosining ikki bekati yopilmoqda

“Turkiston-Yunusobod–Shahriston" metro bekatlari oraligʻida avtobuslar qoʻyiladi. 

Toshkent metrosining ikki bekati yopilmoqda

Metroning “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida 26-avgustdan boshlab 4 oy muddatga yopiladi.

Yunusobod yoʻnalishidagi poyezdlar harakati “Shahriston” va “Ming Oʻrik” bekatlari oraligʻida odatiy tarzda harakatlanishi davom etadi.

Yoʻlovchilarga noqulaylik tugʻdirmaslik maqsadida, “Turkiston-Yunusobod–Shahriston" metro bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi katta sigʻimli avtobuslar (metrobus) harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid