platina.uz
Jamiyat

Qon bosimi pasayganda uni dorilarsiz koʻtarish mumkinmi? Shifokor javobi

Biroq gipotoniya belgilari kuzatilganda, eng avvalo, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Qon bosimi pasayganda uni dorilarsiz koʻtarish mumkinmi? Shifokor javobi

Qon bosimi pasayganda uni dori vositalarisiz qanday koʻtarish mumkin? Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Maslahat poliklinikasi mudiri Oybek Oʻrinovga koʻra, buning turli yoʻllari bor.

Albatta. Biroq gipotoniya belgilari kuzatilganda, eng avvalo, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Aks holda biron bir yashirin kechayotgan jiddiy kasallikni oʻtkazib yuborish mumkin, — deydi mutaxassis.

— Shuningdek, gipotoniklar har kuni boshqalarga nisbatan 2-3 stakan koʻproq suv ichishga odatlanishlari kerak. Sport bilan shugʻullanish ham qon bosimi pasayishining oldini olishga yordam beradi. Buning uchun piyoda sayr qilish, suzish, serharakat oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlish lozim. Bu esa organizmda qon aylanishini yaxshilab, tana aʼzolarining bir maromda ishlashini taʼminlaydi.

Quloqlarning ogʻriqli nuqtasi va qoʻl va oyoqlardagi barmoqlar uchini uqalash ham organizm faoliyatiga ijobiy taʼsir etadi.

Bundan tashqari, ushbu kasallikka chalingan bemorlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda boʻlishi kerak. Ayniqsa, gipotoniyada suli yormasi va grechixadan tayyorlangan boʻtqalar juda foydali. Lekin xamir va yogʻli ovqatlarni kamroq isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, uy sharoitida shoʻr baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch isteʼmol qilish, qahva ichish (qachonki uni kam isteʼmol qiladigan insonlar ichganda) qon bosimini oshiradi. Biroq shoʻr mahsulotlar bilangina qon bosimini koʻtarish toʻgʻri emas. Boisi natriy yurak yetishmovchiligi (ayniqsa, yoshi katta insonlarda) va boshqa kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid