Eronda davlat toʻntarishi boʻlgan kun
Platina.uz 19 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

19 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Butunjahon gumanitar yordam kuni – BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2008 yil 11 dekabrda eʼlon qilingan (A/RES/63/139 rezolyutsiyasi). 19 avgust kuni nishonlanadi. 2003 yilning shu kuni Bagʻdoddagi BMT shtab-kvartirasida sodir boʻlgan portlashda 22 kishi, jumladan, BMTning taniqli arbobi Serjio Viyeyra de Mello halok boʻldi.
Bosh Assambleya rezolyutsiyasida qayd etilganidek, Butunjahon gumanitar yordam kuni targʻib qilishdan iborat.
BMT Bosh kotibi Butunjahon gumanitar yordam kunining eʼlon qilinishi munosabati bilan oʻz tabrigida bu kun “muhtojlikda yashayotgan odamlarga va ularga munosib yordam koʻrsatilishini taʼminlash zarurligini eslatish uchun moʻljallangan”ligini taʼkidladi.
2009 yilda nishonlangan birinchi Butunjahon gumanitar yordam kuni boshqalarni qutqarish chogʻida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlandi.
Butunjahon fotosuratlar kuni.
Oʻzbekistonda Havo floti kuni – ushbu bayram har yili avgust oyining 3-yakshanbasida nishonlanadi.
Afgʻonistonda Mustaqillik kuni.
1692 yil – Massachusets shtatida jodugarlik uchun besh ayol osilgan.
1848 yil – New York Herald Kaliforniyada topilgan oltin haqidagi birinchi hisobotni nashr etdi.
1856 yil – Amerikalik Geyl Borden (Gail Borden) quyultirilgan sut olish usulini patentladi.
1887 yil – havo sharida koʻtarilgan Dmitriy Mendeleyev quyosh tutilishini kuzatdi.
1934 yil – Germaniyada referendum boʻlib oʻtdi, natijada Reyx prezidenti va reyx kansleri lavozimlari birlashtirildi.
1947 yil – A vitamini (retinol) birinchi marta sintez qilindi.
1953 yil – Eronda davlat toʻntarishi boʻlgan kun.
2004 yil – Google fond bozorida oʻz aksiyalarini sotishni boshladi.
2005 yil – Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi "Tinchlik missiyasi-2005" birinchi qoʻshma harbiy mashqlari boshlandi.
2020 yil – Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasida UzAuto Motors’ga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisi”dagi Qonun buzilishi belgilariga nisbatan ochilgan ish boʻyicha navbatdagi tinglov oʻtkazildi.
- Oʻzbekiston hukumatining “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori imzolandi.
2021 yil – Oʻzbekiston Prezidenti “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorni imzoladi.
- Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida Markaziy bank tomonidan yangi koʻrinishdagi 5 000 (besh ming) soʻmlik va 10 000 (oʻn ming) coʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
2022 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Faol tadbirkor” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
Tavalludlar.
1883 yil – Moda olamining yirik namoyondalaridan biri boʻlgan Gabriyel Shanelning tavallud topgan kuni. 1910 yil Parijda u oʻzining shaxsiy shlyapalar doʻkonini ochdi. 1912 yili esa Dovileda oʻzining birinchi Modalar uyini ochdi.
1946 yil —AQShning 42-prezidenti (1993-2001) Bill Klinton;
1978 yil – oʻzbek dzyudochisi, XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionati va Jahon Universiadasi sovrindori Murat Kalikulov tavallud topgan.




