platina.uz
Jamiyat

Toshkent hokimi kredit va subsidiya uchun milliardlar ajratdi

Ayrim fuqarolarning dastlabki badal pullari qoplanadi va subsidiya ajratib beriladi.

Toshkent hokimi kredit va subsidiya uchun milliardlar ajratdi

Toshkent shahar hokimi ayrim fuqarolarning dastlabki badal pullarini qoplash va subsidiya ajratib berish uchun jami 74,2 mlrd. soʻm ajratdi.

Pullar prezidentning 2023 yil 13 apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoniga asosan oʻtkazildi.

Xususan, Toshkent shahrida 1800 nafar daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal qismini qoplash uchun 57,6 mlrd. va ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun 12,7 mlrd. soʻm ajratildi.

Shuningdek, 120 nafar daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal qismini qoplash uchun 3 mlrd. 840 mln. soʻm mablagʻlari sarflanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid