platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga boradi

Prezidentni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19-20 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahriga boradi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara oʻtkazadi, unda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatining erkaklar oʻrtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil oktabrda ham Mirziyoyev ushbu davlatga borgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid