platina.uz
Jahon

AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari yuzma-yuz uchrashishi mumkin

Eslatib oʻtamiz, Kim Chen In AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp bilan uch marta uchrashgan.

AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari yuzma-yuz uchrashishi mumkin

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi Yaponiyaning Kyodo News agentligiga bergan intervyusida AQSh prezidenti Jo Bayden Kim Chen In bilan "oldindan hech qanday shartlarsiz” uchrashishga tayyorligini aytdi.

“Biz Shimoliy Koreya bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar stoliga oʻtirishga tayyormiz”, — dedi Kirbi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, KXDR hozircha taklifga ijobiy javob bermagan.

Avvalroq, Shimoliy Koreya mudofaa vaziri Koreya yarimorolida yadro urushi boʻlishi aniqligini haqida keskin bayonot bergandi.

Eslatib oʻtamiz, Kim Chen In AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp bilan uch marta uchrashgan. Ushbu uchrashuvlardan biri hatto ikki Koreya chegarasida boʻlib oʻtgan.

Jo Bayden hokimiyatga kelgach oʻzaro munosabatlar yanada keskinlashdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid