Sayt bilan sudlashmoqchi boʻlgan rahbar ishdan olindi
Bahrom Sharipovning yangi ish joyi hozircha maʼlum qilinmagan.

Baxrom Sharipov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimda 2017 yildan beri ishlab kelayotgandi.
Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Bahrom Sharipovning yangi ish joyi hozircha maʼlum qilinmagan. U joriy yilda Kun.uz saytini sudga berib jamoatchilik eʼtiboriga tushgandi. Saytni sudga bergan Sharipov bir kun oʻtgach arizasini qaytib olgandi.