platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonliklarni eng koʻp nima hayratga solmoqda?

Platina.uz poytaxtdagi bir nechta manzillarda boʻlib, soʻnggi bir oy ichida aholini eng koʻp hayratga solgan voqealar, aniqrogʻi, ularni qiynayotgan muammolarga qiziqdi.

Soʻnggi vaqtlar odamlar orasida, ijtimoiy tarmoqlar va teleekranlarda turli koʻngilsiz, insonni hayratga soluvchi xabarlar tarqalmoqda. Pichoqbozlik, pedofiliya, joylardagi yongʻinlar - bularning barchasi hayratlanarliligi bilan birga kishini xavotirga ham solmoqda. Hatto ularning baʼzilari insonga “antitaʼsir” qilishga ham undashi hech gap emas...

Platina.uz poytaxtdagi bir nechta manzillarda boʻlib, soʻnggi bir oy ichida aholini eng koʻp hayratga solgan voqealar, aniqrogʻi, ularni qiynayotgan muammolarga qiziqdi.

Barchada turli javob: kimdir “shtraf”larning oshib, oyliklarning kamayib ketganini aytsa, kimdir shu kunlarda oshib, barchani “shok”ka tushirayotgan dollarni gapirmoqda. Qolaversa, yana odamlar kasallanayotgan koronavirus, muddatidan avval boʻlib oʻtgan prezident saylovi, oilaviy mojarolar, Oʻzbekiston aholisining koʻpayib ketayotgani, Qoʻqonda yuz bergan yongʻin, yosh qizlarga boʻlayotgan tajovuz kabi xabarlar ham aholimizni tashvishlantirmoqda.

Biz ushbu soʻrovnoma orqali aholining Oʻzbekistonda boʻlayotgan voqealardan qanchalik xabardor yoki bexabar ekanliklarini ham bilib oldik.

Odinaxon Dehqonova

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid