platina.uz
Jahon

Yangi keskinlik: Latviya shoshilinch ravishda Belarus bilan chegaraga askarlar tashlamoqda

Bundan tashqari minglab isyonchi "Vagner" jangchilari Belarusda qoʻnim topgan.

Yangi keskinlik: Latviya shoshilinch ravishda Belarus bilan chegaraga askarlar tashlamoqda

Latviya Davlat chegara xizmati Belarus bilan chegarani himoya qilish uchun shoshilinch ravishda kuchlarni safarbar qilish haqida eʼlon qildi.

Chegarachilar taʼtildan chaqirib olingan. Latviya mudofaa vaziri Inara Murniyesning aytishicha, u allaqachon qurolli kuchlarga chegara xizmatiga yordam berish uchun Latviya-Belarus chegarasiga qoʻshimcha kuchlar yuborishni buyurgan.

Mamlakat Davlat chegara xizmati bunga “gibrid tahdid”ning kuchayib borayotgani va chegarani noqonuniy kesib oʻtishga urinishlar sonining koʻpayishi sabab boʻlmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ikki davlat oʻrtasidagi chegara 172 kilometrdan ziyodroqni tashkil etadi.

Bundan tashqari minglab isyonchi "Vagner" jangchilari Belarusda qoʻnim topgan. Belarusga qoʻshni davlatlar, jumladan Polsha chegarani mustahkamlash uchun minglab askarlarni tashlamoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid