Xorazm viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi
Avvalgi rahbar Davron Nazarmuhammedov vazir Poʻlat Bobojonovning oʻrinbosari boʻlgandi.

Polkovnik Sultanxodjayev Ravshan Irkinovich Xorazm viloyati IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi boshliq Davron Nazarmuhammedov vazir Poʻlat Bobojonovning oʻrinbosari etib tayinlangandi.