platina.uz
Jamiyat

Xiva xonining ayanchli oʻlimi, Hindistondagi fojia — kun xabarlari

Platina.uz 16 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Xiva xonining ayanchli oʻlimi, Hindistondagi fojia — kun xabarlari

16 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

  • Kipr mustaqil davlat – Kipr Respublikasi deb eʼlon qilindi.
  • Paragvay – Bolalar kuni.

1037 yil – oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim, tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sino vafot etgan.

1788 yil – Fransiya moliya vaziri L. de Briyen shtatni bankrot deb eʼlon qildi.

1857 yil – Kanadada qarz uchun qamoq jazosi bekor qilindi.

1877 yil – Toshkentda tashkil etilgan Toshkent shahar Dumasiga saylovlar boshlandi. 30 avgustda uning ochilishi boʻlib oʻtdi. Dumada Sirdaryo harbiy gubernatori boshchiligida maxsus hayʼat tuzilib, u saylovchilar roʻyxatini tuzish, shahar jamoatchilik boshqaruviga saylov oʻtkazish boʻyicha ish olib bordi. 4 yilda bir marta oʻtkaziladigan saylovda 25 yoshga toʻlgan fuqarolar, asosan, savdogarlar, yirik korxonalar va uy egalari ishtirok etganlar. Toshkent shahar hokimi bir vaqtning oʻzida Duma raisi ham boʻlgan.

1910 yil – Xiva xoni, shoir va bastakor Muhammad Rahimxon II Feruz yurak falajidan vafot etdi. 1908 yilda Muhammad Rahimxon II Feruz paygʻambar yoshiga toʻlgani sababli, elga katta toʻy bergan edi. Oradan ikki yil oʻtib, xon 66 yoshida dunyodan oʻtdi. Uning jasadi Sayyid Muhammad Mohiroʻyi Jahon maqbarasiga dafn qilindi. Taxtda 47 yil 15 kun oʻtirgan Muhammad Rahim Bahodirxon shubhasiz Xiva xonligi tarixida oʻchmas iz qoldirgan davlat arboblaridan biri edi.

1930 yil – birinchi ovozli multfilm yaratildi.

1946 yil – Kalkuttada "toʻgʻridan-toʻgʻri harakat kuni" sodir boʻlgan. Ushbu kungi musulmonlar, hindular va sikxlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda taxminan 4000 kishi halok boʻldi.

1960 yil – Jozef Kittinger 32 kilometr balandlikdan parashyutda sakradi. Asosiy parashyut ochilishidan toʻrt yarim daqiqa oldin u soatiga 988 km tezlikka erishdi. Biroq, bu yutuq jahon rekordi sifatida hisoblanmadi, chunki Kittinger kichik stabillashtiruvchi parashyutdan foydalangan.

  • Xalqaro kosmonavtika akademiyasi tashkil etildi.

1965 yil – birinchi Boyeing 727 halokati Michigan koʻlida sodir boʻldi. 30 kishi halok boʻldi.

1978 yil – Shri-Lanka oʻzini sotsialistik respublika deb eʼlon qildi.

1995 yil – Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik kengashining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

2006 yil – rus Vikipediyasida 100 000-maqola paydo boʻldi.

2017 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Tavalludlar

1939 yil – yozuvchi, dramaturg, publitsist, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavallud topdi. Uning adabiy faoliyati 60-yillarda boshlangan. “Til – taqdir demak”, “Vatan tuygʻusi” (hamkorlikda), “Bizkim, oʻzbeklar” kabi badiiy va siyosiy publitsistik asarlarida til, koʻhna milliy davlatchiligimiz tarixi aks ettirilgan. U 1999 yilda “Mehnat shuxrati” ordeni bilan mukofotlangan.

1949 yil – oʻzbek olimi va davlat arbobi, professor, texnika fanlari doktori Rustam Xolmurodov;

1954 yil – kanadalik kinorejissyor, "Oskar", "Oltin globus" va boshqalar sovrindori Jeyms Kemeron;

1958 yil – amerikalik qoʻshiqchi, raqqosa, aktrisa, koʻplab mukofotlar sovrindori Madonna;

1961 yil – oʻzbek davlat va siyosat arbobi Bahodir Yusupov; 1970 yil – oʻzbek kino va teatr aktyori Muhammad Iso Abdulhairov;

  • hindistonlik Bollivud aktyori Saif Ali Khan tavallud topgan.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid