platina.uz
Iqtisod

Xayrullo Bozorov koʻl, kanal va musiqali favvora qurish uchun 8,5 mlrd. soʻm ajratdi

Bu boʻyicha hokimning farmoyishi eʼlon qilindi. 

Xayrullo Bozorov koʻl, kanal va musiqali favvora qurish uchun 8,5 mlrd. soʻm ajratdi

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat markazida qurilayotgan "Yangi Oʻzbekiston" massivi hududida koʻl, kanal va musiqali favvora qurilishi uchun 8,5 mlrd soʻm , hududni obodonlashtirish va yoritish maqsadida jami 3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratdi. Bu boʻyicha hokimning farmoyishi eʼlon qilingan.

Ushbu ishlar respublika byudjetidan ajratilgan ssuda mablagʻlari evaziga amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, Fargʻona shahrida barpo etilayotgan "Eko shahar" hududi va shahar markaziy koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish maqsadida mavsumiy gullar va manzarali daraxtlar sotib olish uchun 1 mlrd. soʻm ajratiladi.

Avvalroq Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov 2 ta alohida loyihaga davlat byudjetidan jami 3 mlrd. soʻmdan ortiq pul ajratgani maʼlum boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid