platina.uz
Iqtisod

Turkiyada muhim tadbirkorlik sammiti uchun arizalar topshirish boshlandi

“Take Off” startap sammitining boy dasturi davra suhbatlari, sohaga oid nutqlar va startap taqdimotlarini oʻz ichiga oladi.

Turkiyada muhim tadbirkorlik sammiti uchun arizalar topshirish boshlandi

Turkiya Texnologiyalar jamoat fondi, Sanoat va texnologiyalar vazirligi, shuningdek, Prezident investitsiya boshqarmasi boshchiligida oʻtkaziladigan “Take Off” startap sammiti uchun arizalar qabul qilishni boshladi.

Turkiya va xorij tadbirkorlik ekotizimidan ishtirokchilarni birlashtirib, tadbirkorlik ekotizimiga hissa qoʻshish va Turkiyani bu sohadagi tadbirkorlar va investorlar uchun eʼtibor markaziga aylantirishni maqsad qilgan sammit, bu yil mahalliy startaplar uchun yarim final Anqara va Izmirda boʻlib oʻtadi. Mahalliy tashabbuslarkorlar bilan bir qatorda xalqaro ishtirokchilarga ham qaratilgan yakuniy tadbir 2023 yilning dekabr oyida Istanbulda boʻlib oʻtadi.

“Take Off” startap sammitining boy dasturi davra suhbatlari, sohaga oid nutqlar va startap taqdimotlarini oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, potensial hamkorlik uchrashuvlari uchun investorlar, muassasalar va tadbirkorlar uchun yakkama-yakka uchrashuv maydonlari taqdim etiladigan sammitda ishtirokchilar uchun xususiy tadbirkorlik seminarlari va xalqaro aloqa imkoniyatlarini taqdim etadi. Take Offmintaqadagi eng keng qamrovli tadbirkorlik sammiti boʻlib, u har yili 100 dan ortiq davlatdan minglab arizalarni qabul qiladi, 600 dan ortiq tadbirkor, 400 dan ortiq murabbiy va investorlar hamda 140 ta maʼruzachilarni qabul qiladi. 2018 yildan shu kungacha sammitda jami 1700 nafar tadbirkor-murabbiy uchrashuvlari oʻtkazildi.

“Pre-Take Off”da umumiy pul mukofoti 2 million 250 ming TL (*83 000 AQSh dollari)

“Pre-Take Off”da oʻtkaziladigan oldindan baholash taqdimotlarida oʻz toifalarida birinchi oʻrinni egallagan tadbirkorlar jami 2 million 250 ming lira yordam olish huquqiga ega boʻladi. Finalga chiqqan tashabbuskorlar “Take Off Istanbul”da bosh sovrinni qoʻlga kiritish uchun kurashadi. Oʻz tadbirkorlariga pul mukofotidan tashqari:

* “Pre-Take Off”da va Istanbulda stend ochish;

* “Pre-Take Off” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan pre-mvp tadbirkorlari uchun 75.000 TL;

* “Pre-Take Off” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan mvp (yuqori daromad keltiradigan mahsulot) tadbirkorlari uchun 150.000TL;

* Istanbulda bosh sovrin;

* B2B muzokaralari;

* Mutaxassis suhbatlari;

* Investitsion uchrashuvlar;

* Tadbirkorlik ekotizimida ishtirok etish;

* Nufuzli maʼruzachilarni tinglash va konferensiyalarda qatnashish imkoniyati taqdim etiladi.

Take Off startap sammiti haqida batafsil maʼlumot va ariza uchun www.takeoffistanbul.com saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid