platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondagi uy-joy obʼektlarining 70 foizi seysmik barqaror emas

Soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi oqibatida respublika hududida tabiiy ofatlar soni sezilarli darajada oshdi.

Oʻzbekistondagi uy-joy obʼektlarining 70 foizi seysmik barqaror emas

Oʻzbekistonda obʼektlarning 70 foizi zilzilaga bardoshli emasligi aytildi.

Vazirlar Mahkamasining “Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, Oʻzbekiston aholisining qariyb 70 foizi seysmik faol zonalarda istiqomat qiladi. Koʻplab binolar, ayniqsa, yakka tartibdagi uylar qurilish norma va qoidalarini hisobga olmagan holda qurilganligi sababli uy-joy qurilish obʼektlarining 70 foizi seysmik barqaror emas.

Respublikada 12 ballik xalqaro MSK-64 shkalasi boʻyicha intensivligi 7 ball va undan yuqori boʻlgan zilzilalar sodir boʻlish xavfi mavjud. Kuchli zilzilalarda eng koʻp zarar koʻradigan uy-joy sektori, xizmat koʻrsatish, iqtisodiyot, sanoat va savdo sohalari boʻlib, ularning aksariyati shaharlar va yirik aholi punktlarida joylashgan.

Soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi oqibatida respublika hududida tabiiy ofatlar soni sezilarli darajada oshdi. Tabiiy ofatlarning oʻrtacha soni 2001-2010 yillarda — 115 ta holat, 2011-2022 yillarda — 126 ta holatni tashkil etgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid