Jamshid Xoʻjayev hokim oʻrinbosari boʻldi
Tayinlovga qadar u Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Xoʻjayev Jamshid Baxtiyorovich Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jamshid Xoʻjayev 1987 yil Navoiy viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti - oliy, mutaxassisligi - milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari oʻqituvchisi. “Doʻstlik” ordeni sovrindori.
Tayinlovga qadar u Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.