Azaliy raqiblar qarshiligi: UYeFA Superkubogida bizni nima kutmoqda?
Angliya Superkubogi uchun bahsda “shaharliklar” “Arsenal”ga penaltilar seriyasida (1:1, 1:4) imkoniyatni boy berishdi.

Bugun, 16 avgust kuni "Georgios Karaiskakis"da (Pirey, Gretsiya) UYeFA Superkubogi bahsi boʻlib oʻtadi va unda "Manchester Siti" "Sevilya" bilan toʻqnash keladi.
Oʻyin avvalida har ikkala jamoaning holati va shu paytgacha erishgan natijalarini koʻrib oʻtamiz.
"Manchester Siti"
"Manchester Siti" Chempionlar ligasida gʻolib chiqqanidan keyin yana bir sovrin yutish imkoniyatini qoʻldan boy berdi. Angliya Superkubogi uchun bahsda “shaharliklar” “Arsenal”ga penaltilar seriyasida (1:1, 1:4) imkoniyatni boy berishdi. Shu bilan birga Xosep Gvardiola jamoasi milliy chempionatni yaxshi boshladi. Angliya premer-ligasining 1-turida amaldagi chempion “Byornli”ni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ammo “Manchester Siti”da kadrlar muammosi bor. Bularning eng asosiysi yarim himoyachi Kevin De Bryuynedir. Himoyachi Ruben Dias va yarim himoyachi Bernardu Silvaning ham boʻlajak jangda ishtirok etishi soʻroq ostida qolmoqda.
"Sevilya"
“Manchester Siti”dan farqli ravishda “Sevilya” navbatdagi sovrinni qoʻlga kiritish imkoniyatini qoʻldan boy bermadi. Yevropa ligasida gʻalaba qozongan “nervionlar” Ekvadorning “Independiyente del Vale” klubini penaltilar seriyasida (1:1, 4:1) magʻlub etishdi va tarixda ilk bor “Challenge Cup”ni qoʻlga kiritishdi. Shu bilan birga Ispaniya chempionatini Xose Luis Mendilibar shogirdlari omadsiz boshlashdi. La Liganing 1-turida “Sevilya” oʻz maydonida “Valensiya”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv statistikasi
"Manchester Siti" va "Sevilya" oʻzaro 4 ta oʻyin oʻtkazishgan. Ularning barchasida “shaharliklar” umumiy 12:3 hisobida zafar quchgan. Oʻtgan mavsumda jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida raqib boʻlishgan. “Manchester Siti” ikkala oʻyinda ham 4:0 va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.




