Toshkent viloyati goʻsht yetishtirish boʻyicha Qashqadaryodan oʻzib ketdi
2022 yilda Qashqadaryo viloyatida 315,7 ming tonna goʻsht yetishtirilgandi.

Toshkent viloyati goʻsht yetishtirish hajmi boʻyicha Qashqadaryo viloyatidan oʻzib, respublikada birinchi oʻrinni egalladi. Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan qariyb 1,3 mln tonna goʻsht yetishtirilgan.
Bu koʻrsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 3,8 foizga oshgan.
Hududlar kesimida goʻsht yetishtirish hajmi:
— Toshkent viloyati – 153,3 ming tonna
— Qashqadaryo viloyati – 146,5 ming tonna
— Samarqand viloyati – 145,1 ming tonna
— Buxoro viloyati – 134 ming tonna
— Xorazm viloyati – 97,2 ming tonna
— Jizzax viloyati – 92,5 ming tonna
— Surxondaryo viloyati – 91,8 ming tonna
— Fargʻona viloyati – 88,9 ming tonna
— Navoiy viloyati – 81,4 ming tonna
— Andijon viloyati – 81,1 ming tonna
— Namangan viloyati – 79,2 ming tonna
— Qoraqalpogʻiston R. – 41,9 ming tonna
— Sirdaryo viloyati – 34,6 ming tonna
Taʼkidlash joizki, 2022 yilda Qashqadaryo viloyatida 315,7 ming tonna goʻsht yetishtirilgandi (1-oʻrin). Toshkent viloyatida esa oʻtgan yili 283 ming tonnadan ziyod mahsulot olingan.