platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev noqonuniy daraxt kesish boʻyicha yangi qonunni rad etdi

Senatning 3 maydagi majlisida maʼqullangan qonun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev noqonuniy daraxt kesish boʻyicha yangi qonunni rad etdi

Prezident daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun yangi sanksiyalar koʻzda tutilgan qonunni rad etdi.

Bunga jarimalar miqdorining kamligi sabab boʻlishi mumkin, deyiladi xabarlarda.

"Daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQShda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million AQSh dollarigacha jarima belgilangan. Bizda bu harakat uchun 1000 AQSh dollarigacha jarima koʻzda tutilgan qonun Prezident tomonidan rad etildi. Eʼtiroz toʻgʻri, qonunni qayta koʻramiz", deb yozgan parlament quyi palatasi spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov.

Senatning 3 maydagi majlisida maʼqullangan qonun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritilgan edi. Xususan, daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sugʻirib olish, shikastlash, nobud qilish yoki koʻchirib oʻtkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (avval 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi koʻzda tutilgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid