platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning anklav hududlarida nima gap?

“Shohimardon” MFY binosida va “Hazrati Ali” ziyoratgohida mahallardagi aholi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Oʻzbekistonning anklav hududlarida nima gap?

Respublika Ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrganish hamda «Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezident maslahatchisi oʻrinbosari boshchiligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari mazkur faoliyatga jalb etilgan.

Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Fargʻona viloyati Fargʻona tumanining anklav hududi hisoblangan “Shohimardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yigʻinlari boʻldi.

Ushbu 2 hududda bugungi kunda 1,2 mingdan ziyod xonadon mavjud boʻlib, 7 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Ishchi guruh oʻrganishlari davomida olib berilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlar, mahallabay tizimi asosida aholi muammolari bilan ishlash, hududlarda faoliyat olib borayotgan MFY raisi, hokim yordamchisi, mahalla faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlarining faoliyati tahlil qilinib, mutasaddilarga kerakli tavsiyalar va amaliy koʻmaklar berildi.

Xususan, mahallalardagi ishsiz xotin-qizlar, yoshlarga ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinalari, kultivatorlar va boshqa mehnat uskunalart olib berildi.

“Shohimardon” MFY binosida va “Hazrati Ali” ziyoratgohida mahallardagi aholi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda bugungi kunda aholining turmush sharoitini yaxshilash, har oilaning daromadini oshishi, yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, ularning yechimi boʻyicha aniq rejalar va moliyaviy manbalari belgilab olindi, deyiladi xabarda.

Jumladan, yaqin kunlarda aholining extiyojidan kelib chiqqan holda oʻz tadbirkorliklarini boshlash, oʻzini bandligini taʼminlash niyatini bildirga fuqarolarga mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan subsidiya hamda qator imtiyozli kreditlar ajratiladigan boʻldi.

Bundash tashqari, anklav hududlarda faoliyat olib borayotgan beshlikning faoliyatini yanada jadallashtirish, oʻzlariga belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarish, tuman, mahalla miqiyosida hal etilishi mumkin boʻlgan muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid