Dogʻistonda dahshatli portlash: 27 kishi halok boʻlgani aytilmoqda
Favqulodda hodisadan keyin jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Rossiyaning Dogʻiston respublikasi markazi Maxachqalʼa shahridagi “Nafta 24” yoqilgʻi quyish shoxobchasidagi portlash sodir boʻldi, oqibatda 27 kishi halok boʻldi.
Bu haqda Dogʻiston tabiiy ofatlar tibbiyoti markaziga asoslanib, RIA "Novosti" xabar bermoqda.
Shuningdek, 75 kishi jarohat ham olgan.
Rossiya Tergov qoʻmitasining Dogʻiston boʻyicha tergov boshqarmasi favqulodda hodisadan keyin jinoiy ish qoʻzgʻatgan.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, 14 avgust kuni, mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da Novokuli qishlogʻidagi Kulinskaya koʻchasi va Federal avtomagistral chorrahasida joylashgan avtoulovlarga texnik xizmat koʻrsatish binosida avtotransportga texnik xizmat koʻrsatish vaqtida yongʻin sodir boʻlgan va portlash yuz bergan.