Oʻzbekiston va Ukraina munosabatlari, Abxaziyada urush — kun xabarlari
Platina.uz 14 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

14 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Xalqaro kaltakesaklar kuni – The reptile database maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil dekabr holatiga koʻra, kaltakesaklarning 7310 turi maʼlum.
1790 yil – Rossiya va Shvetsiya oʻrtasida Verel shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma 1788-1790 yillardagi rus-shved urushini rasman tugatdi.
1834 yil – Angliyada kambagʻallar uchun uy ishlari joriy etildi.
1888 yil — amerikalik muhandis Oliver Shellenberger elektr hisoblagichga patent oldi.
1908 yil – Birinchi xalqaro goʻzallik tanlovlaridan biri Folkestonda (Angliya) boʻlib oʻtdi.
1919 yil – Turkistondagi ogʻir ahvolni hisobga olgan Qizil Armiya bosh qoʻmondonligi Sharqiy frontning janubiy qismida alohida Turkiston fronti tashkil etish haqida qaror qabul qildi va unga Frunze qoʻmondon etib tayinlandi. Tarixchi Dilshod Kamolovning qayd etilishicha, Turkiston fronti tarkibida Turkfront harbiy tribunali ish boshladi.
1935 yil – AQShda ijtimoiy sugʻurta (ishsizlarga yordam) tizimi joriy etildi.
1936 yil – Basketbol birinchi marta Olimpiya oʻyinlariga kiritildi.
1937 yil – shoir, publitsist Tavallo «Turon», «aksilinqilobiy» «Milliy ittihod» va boshqa tashkilotlarning aʼzosi boʻlganlikda, «sheʼrlarida millatchilik gʻoyalarini ilgari surgan»likda ayblanib, qamoqqa olindi. U 1937 yil 10 noyabrda NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi) qoshidagi «uchlik» hukmi bilan otib tashlangan. Keyinchalik 1968 yil 18 oktabrda oqlangan.
1941 yil - Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan Atlantika Xartiyasi imzolandi.
1947 yil – Pokiston mustaqil davlatga aylandi.
1952 yil – Fransuz iqtisodchisi A. Sovi birinchi boʻlib rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan "Uchinchi dunyo" iborasini ishlatdi.
1959 yil – Oʻzbekiston hukumatining buyrugʻi bilan Toshkent davlat konservatoriyasida 25 oʻrinli, Toshkent teatr va rassomchilik institutida 35 oʻrinli kechki boʻlim ochildi. Natijada musiqa oliygohlarida kechki boʻlimlarda ham mutaxassislar tayyorlana boshladi.
1971 yil – Bahrayn Britaniya mustamlakasi sifatida 110 yildan keyin mustaqilligini eʼlon qildi.
1973 yil – Pokiston konstitutsiyasini qabul qildi.
1986 yil – Sovet televideniyesida birinchi marta Formula 1 boʻyicha jahon chempionati 1986 yilgi Vengriya Gran-prisidan translyatsiya qilindi.
1992 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Ukraina Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatdi.
Boris Yelsin Rossiyada vaucherlarni xususiylashtirishni boshlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Gruziya armiyasi Abxaziya hududiga kiradi. Gruziya-abxaz urushi boshlandi.
1994 yil – Xabbl teleskopi Uran halqalarini suratga oldi.
1996 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Olimpiya shon-shuhrati muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
2003 yil – Qoʻshma Shtatlar va Kanadada energiya tizimida sodir boʻlgan avariya oqibatida 55 millionga yaqin odam elektrsiz qoldi.
2013 yil – Telegram kross-platforma messenjeri ishga tushirildi.
2016 yil – Janubiy Afrikalik yuguruvchi Uyeyd van Nikerk Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlari finalida 400 metr yugurish musobaqasida (43,03 soniya) jahon rekordini oʻrnatdi. Bu musobaqa yoʻnalishining birinchisi 1999 yilda oʻtkazilgan.
2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.
Tavalludlar.
1907 yil – yozuvchi va tarjimon, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi va Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Mirkarim Osim tavallud topgan.
1930 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva tavallud topdi. U oʻzi yaratgan obrazlarda turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va olijanobligini mujassamlantirdi. Key (M. Kaoru, «Oʻgʻirlangan umr») obrazi Yayra Abdullayeva ijodining choʻqqisi boʻlib, u yapon ayolining mashaqqatli hayot yoʻlini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik bilan ochib berdi. U ovoz, imo-ishora, kinoya va boshqa ifoda vositalaridan ustalik bilan foydalandi. Yayra Abdullayeva 1998 yilda «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlangan.
1974 yil – oʻzbek diplomati, 2018-2021-yillarda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi Gʻayrat Fozilov;
1984 yil – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, 2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori boʻlgan Omon Gʻofurov;
1978 yil – oʻzbekistonlik jurnalist, bloger, rejissyor, "Sayyod" koʻngilochar blogi asoschisi va muharriri Sardor Komilov tavallud topgan.




