platina.uz
Jamiyat

Kapadokiyada hayratlanarli havo sharlari "raqsi" boʻlib oʻtdi

Angliya, Shveysariya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya, Sloveniya, Makedoniya, Lyuksemburg va Turkiyadan 22 xil figurali sharlar namoyish parvozlarini amalga oshirdi.

Kapadokiyada hayratlanarli havo sharlari "raqsi" boʻlib oʻtdi

Turkiyaning “peri moʻrilari” nomli qoyalari bilan mashhur, sehrli oʻlka deya taʼrif berilgan hududi Kapadokiya turli shakl va oʻlchamdagi havo sharlari festivaliga mezbonlik qildi. Angliya, Shveysariya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya, Sloveniya, Makedoniya, Lyuksemburg va Turkiyadan 22 xil figurali sharlar namoyish parvozlarini amalga oshirdi. «Muzqaymoq», «Oʻrdak», «Obeliks», «Sakkizoyoq», “Fazo kemasi” va “Turk bayrogʻi” kabi sanʼatshunoslar tomonidan maxsus shakl va tus berigan turli koʻrinishdagi havo sharlari mahalliy va xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uygʻotdi.

"Kapadokiya havo sharlari va Madaniyat yoʻli festivali" doirasida oʻtkazilgan xalqaro tadbirda erta tongdan boshlangan tayyorgarliklar ortidan sharlar birin-ketin osmonga koʻtarildi. Tajribali uchuvchilar Kappadokiya osmonida festival uchun turli rang va namunalarda yaratilgan noyob havo sharlarini mahorat bilan boshqargan boʻlsa, dunyoda yagona boʻlgan “peri moʻrilari”ning mistik manzaralarida sharlarning raqsi tomoshabinlarni hayratga soldi.

Turkiya “Madaniyat yoʻli” festivallari bu yil 11 shaharda namoyish etiladi

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 2021 yildan beri uyushtirilib kelinayotgan Turkiya Madaniyat yoʻnalishi festivallari 5 avgust kuni Kapadokiyada boshlandi. Dunyoning eng qamrovli madaniyat va sanʼat loyihalaridan biri sifatida tashkil etilgan Turk madaniyati yoʻli festivallari bu yil 11 viloyatda oʻtkaziladi. 5-13 avgust kunlari oʻtkaziladigan “Kapadokiya havo shari va Madaniyat yoʻli” festivali ortidan Turkiyaning Trabzon, Erzurum, Chanakkale, Gaziantep, Anqara, Konya, Istanbul, Diyarbakir, Izmir va Antaliya viloyatlarida festivallar navbat bilan boʻlib oʻtadi.

Turkiya Madaniyat yoʻli festivallari dasturi:

Kapadokiya havo shari va Madaniyat yoʻnalishi festivali - Nevshehir, 2023 yil 05-13 avgust

Sumela Madaniyat yoʻnalishi festivali - Trabzon, 2023 yil 19-27 avgust

Palandoʻken Madaniyat yoʻnalishi festivali - Erzurum, 2023 yil 19-27 avgust

Troya Madaniyat yoʻnalishi festivali - Chanakkale 09-17 sentabr 2023 yil

Gastroantep Madaniyat yoʻnalishi festivali - Gaziantep 2023 yil 16-24 sentabr

Bashkent Madaniyat yoʻnalishi festivali - Anqara 16 sentabr – 01 oktabr 2023 yil

Konya tasavvufiy musiqa festivali – Konya 2023 yil 23-30 sentabr

Beyogʻlu Madaniyat yoʻnalishi festivali - Istanbul, 30 sentabr - 15 oktabr 2023 yil

Sur Madaniyat yoʻnalishi festivali - Diyarbakir, 2023 yil 14-22 oktabr

Efes Madaniyat yoʻnalishi festivali - Izmir, 2023 yil 28 oktabr - 05 noyabr

Antaliya Madaniyat yoʻnalishi festivali – Antaliya 2023 yil 4-12 noyabr.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid