platina.uz
Jamiyat

Harbiy sud va qator viloyat sudlariga yangi raislar tayinlandi

Shuningdek, ayrim sudyalar ishdan olindi. 

Harbiy sud va qator viloyat sudlariga yangi raislar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan harbiy sud, ayrim viloyat sudlariga raislar tayinlandi. Jumladan:

Sadriddin Bavabekovich Eshankulov - sudyalik vakolati muddati davriga Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimiga;

Abduxalim Abduraimovich Axmedov – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;

Turabek Abdurovubovich Qodirqulov - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyat maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;

Gʻolibjon Sayitjonovich Davlatov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;

Alisher Abdurashidovich Abduraxmanov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari – iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga tayinlandi

Oʻzbekiston Prezidentining farmoyishi bilan yozma arizalariga asosan, Buxoro viloyat maʼmuriy sudining raisi S. Tursunov va Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari – iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi A. Madaminov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid