Shakarning yana bir zararli xususiyati aniqlandi
Endokrinolog shakar oʻrniga meva va rezavorlar isteʼmol qilishni maslahat berdi.

Shakarning ortiqcha miqdori nafaqat semizlik va qandli diabetga, balki buyrak toshlarining paydo boʻlishiga ham olib kelishi mumkin.
Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, endokrinolog Zuxra Pavlova maʼlumot berdi.
"Kundalik zarur kaloriyasining toʻrtdan birini shakardan oladiganlarda buyrak toshlari muammosi boshqalardan ikki baravarga koʻp", deydi u.
Endokrinolog shakar oʻrniga meva va rezavorlar isteʼmol qilishni maslahat berdi.
Shuningdek, shakar zaif immunitet, doimiy charchoq, ovqat hazm qilish muammolari va ortiqcha tashnalikka sabab boʻladi.