Namanganda 8 ballik zilzila sodir boʻlgan kun
Platina.uz 12 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

12 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Xalqaro yoshlar kuni – 1999 yilda BMT Bosh Assambleyasi № A / RES 54/120 rezolyutsiyasida Yoshlar ishlari boʻyicha vazirlarning Butunjahon konferensiyasining (Lissabon, 1998 yil) 12 avgustni Xalqaro yoshlar kuni deb eʼlon qilish tavsiyasini qoʻllab-quvvatladi. Ilk bor Yoshlar kuni 2000 yil nishonlangan. Konferensiyada hozirgi kun yoshlarining muammosi, ularni qiziqtirayotgan sohalarga yoʻnaltirish, maʼlumot-tashviqot ishlarini kuchaytirish taʼkidlab oʻtilgan.
Voqealar.
1755 yil – Zinger tikuv mashinasi ixtiro qilingan.
1877 yil – Mars sunʼiy yoʻldoshi – Deimosni kashf etdi.
1918 yil – Qoʻshma Shtatlarda temir yoʻl stansiyalarida spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlash joriy etildi.
1927 yil – Namanganda zilzila roʻy berdi. Zilzila magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha M-6, zilzila kuchi 12 ballik MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 ball boʻlgan. Namangan zilzilasi gipotsentri 14 km chuqurlikda, epitsentri esa Fargʻona shimolidagi fleksura-yorilmasida joylashgan. Zilzila vaqtida koʻpgina uylar shikastlangan.
1949 yil – Londonda soatning qoʻlida joylashgan starlinglar tufayli Big Ben vaqtni toʻrt yarim daqiqa kechikish bilan urishni boshladi.
1950 yil - AQSh Mudofaa vazirligi birinchi marta yadroviy hujumdan qanday himoyalanish haqida qoʻllanma chiqardi.
1974 yil – Turkiya Kiprga ultimatum qoʻyib, turk avtonom viloyatlarini yaratishni talab qildi.
1978 yil – Yaponiya va Xitoy tinchlik va doʻstlik shartnomasini imzoladilar.
1992 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy Afrika Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatdi.
2016 yil – “Euronews” Oʻzbekiston haqida 18 ta lavha namoyish etgan.
2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
2022 yil – Turkiyaning Konya shahrida oʻtkazilgan Islom birdamligi oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi sportning turli yoʻnalishlarida 14 ta — 5 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Tavalludlar.
1924 yil – tarixchi, sharqshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Boʻriboy Ahmedov tavallud topdi (vafoti 2002 yil). Uning ilmiy faoliyati oʻzbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbashunoslik, Oʻrta Osiyo xalqlarining X–XIX asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yoʻnalishlarga qaratilgan. U 1997 yilda “Amir Temur”, 1999 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
Pokistonlik siyosatchi, general, Pokiston prezidenti (1978-1988) Muhammad Ziyo-ul-Haq;
1935 yil – taniqli adib va shoir Yoʻldosh Sulaymon;
1954 yil —fransuz siyosat va davlat arbobi, Fransiya prezidenti (2012—2017) Fransua Olland tavallud topgan.




