Maktab bozorlarida nima gap?
Platina.uz poytaxtdagi maktab bozori rastalarida boʻldi.

Avgust oyi kirib kelishi bilan maktab yoshidagi farzandlari bor oilalarda “maktab bozor qilish kerak”, degan tashvishli ohangdagi gaplar boshlanadi. Ota-onalar ayni paytda “sezon”ga aylanadigan maktab uchun oʻquv qurollar, kiyim-kechaklarni iloji boricha tezroq xarid qilishga shoshiladilar.
Platina.uz ham shu jarayonlarga eʼtibor qaratib, poytaxtdagi maktab bozori rastalarida boʻldi va bu yilgi maktab bozor narxlaridan sizlarni xabardor qilishni maqsad qildi. Quyida narxlar bilan tanishishingiz mumkin.
|
T/r: |
Oʻquv qurollar |
Narxi |
|||
|
1. |
Daftar |
12 varoqli |
500 soʻmdan 1000 soʻmgacha |
||
|
24 varoqli |
1200 soʻmdan 1500 soʻmgacha |
||||
|
36 varoqli |
1500 soʻmdan 3000 soʻmgacha |
||||
|
48 varoqli |
1800 soʻmdan 2500 soʻmgacha |
||||
|
96 varoqli |
4000 soʻmdan 7000 soʻmgacha |
||||
|
2. |
Qalam |
Qora |
2000 soʻmdan |
||
|
Rangli |
6000 soʻmdan 20000 soʻmgacha |
||||
|
3. |
Chiqargʻich |
4000 soʻmdan 15000 soʻmgacha |
|||
|
4. |
Oʻchirgʻich |
4000 soʻmdan 15000 soʻmgacha |
|||
|
5 |
Ruchka |
1000 soʻmdan 5000 soʻmgacha |
|||
|
6. |
Rasm daftar |
12000 soʻmdan 18000 soʻmgacha |
|||
|
7. |
Rangli qogʻoz |
5000 soʻmdan 17000 soʻmgacha |
|||
|
8 |
Akvarel boʻyoq |
8000 soʻmdan 35000 soʻmgacha |
|||
|
9. |
Plastilin |
8000 soʻmdan 30000 soʻmgacha |
|||
|
10. |
Flomaster |
4000 soʻmdan 115000 soʻmgacha |
|||
|
11. |
Pinal |
5000 soʻmdan 20000 soʻmgacha |
|||
|
12. |
Yelim |
4000 soʻmdan 12000 soʻmgacha |
|||
|
13. |
Chizgʻich |
5000 soʻmdan 10000 soʻmgacha |
|||
|
14. |
Shtrix |
5000 soʻmdan 8000 soʻmgacha |
|||
|
15. |
Geografik atlas |
25000 soʻm |
|||
|
16. |
Oq qogʻoz (100 talik) |
6000-7000 soʻm |
|||
|
17. |
Maktab sumkasi |
120000 soʻmdan 300000 soʻmgacha |
|||
|
18.
|
Jild: |
Kitobga |
15000 soʻmdan 30000 soʻmgacha |
||
|
Daftarga |
12000 soʻmdan 25000 soʻmgacha |
||||
Maktab uchun oʻquv qurollar ichida eng muhimi, 12 varoqli daftar. Sotuvchilarning aytishicha, 12 varoqli daftarlarni oʻquv qurollar bilan birga olsangiz, 600-700 soʻm, hatto 500 soʻm ham qilib berishar ekan. Lekin bitta sotuvchidan faqat 12 varoqli daftar olsangiz (yaʼni boshqa oʻquv qurollarni olmasangiz) 800-900, hatto 1000 soʻmdan olar ekansiz. Buyam bitta “biznes nayrangi”da. Yana, ularning aytishicha, bitta bolaga olinishi kerak boʻlgan barcha oʻquv qurollarining oʻrtacha umumiy narxi 200000 soʻmni tashkil etadi.(maktab sumkasidan tashqari). Agar qurollarning sifati yaxshi, qimmatrogʻini oladigan boʻlishsa 250000 soʻmlar atrofida boʻlar ekan. Biz ham oʻrgangan narxlarimiz asosida umumiy hisobni chiqarishga harakat qildik. 12 varoqli daftarlarni 1000 soʻmdan 20ta, 24 varoqli daftarni 1200 soʻmdan 10ta, 36 varoqli daftarni 1500 soʻmdan 10 ta va qolgan qurollarni ham eng past narxi bilan hisoblaganimizda, 307000 soʻmni tashkil etmoqda. Endi, bu yerda har kim ehtiyojidan kelib chiqqan holda, bundan koʻproq olishi mumkin. Yoki roʻyxatda yoʻq boʻlgan qurollarga ham ehtiyoj sezishi mumkin. Shularni hisobga olganda, biz bitta bolaga oʻquv qurollari uchun jami 500000 soʻm ketadi, deb hisobladik.
Bugun hamma maktabda bir xil forma toʻliq tasdiqlanmaganligi sababli, formani har bir maktab oʻzi belgilamoqda. Shunga qaramay koʻpgina maktablar “oq-qora” formada boʻlishganligi uchun bozorlarda ham maktab uchun aynan shunday kiyimlar sotilmoqda. Uning narxlarini quyida bilib olishingiz mumkin.
|
T/r: |
Kiyim-kechaklar |
Narxi |
|
1. |
Oq koʻylak |
100000 soʻmdan 220000 soʻmgacha |
|
2. |
Shim( oʻgʻil bolalar uchun) |
100000 soʻmdan 140000 soʻmgacha |
|
3. |
Oq kofta |
145000 soʻmdan 170000 soʻmgacha |
|
4. |
Yubka |
140000 soʻmdan 180000 soʻmgacha |
|
5. |
Bantik |
5000 soʻmdan 10000 soʻmgacha |
Narxlarga qarab, kiyim-kechak uchun umumiy hisobni chiqarib olishingiz qiyin boʻlmaydi, nazarimizda.
Odinaxon Dehqonova




