platina.uz
Jamiyat

Fargʻonadagi tuman va shaharga yangi hokimlar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatida 27 iyul kungi yigʻilishda Margʻilon shahrining avvalgi hokimi Adham Ziyavitdinovni ishdan olgandi.

Fargʻonadagi tuman va shaharga yangi hokimlar tayinlandi

Fargʻonadagi ikki hududga yangi hokimlar tayinlandi.

Shukurulloxon Nisbatxonov Margʻilon shahar hokimi etib tayinlandi. U bungacha Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan.Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatida 27 iyul kungi yigʻilishda Margʻilon shahrining avvalgi hokimi Adham Ziyavitdinovni ishdan olgandi.

Bahodir Xoliqov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi. U bungacha Fargʻona viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan.

Rishton tumaniga 2019 yil iyulidan buyon rahbarlik qilgan Suhfonjon Soliyev 2023 yil iyul oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida oʻtkazilgan yigʻilishda ishdan olingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid