Alisher Shodmonov Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatiga qaytdi
U 2020 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.

Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori Alisher Qayumovich Shodmonov Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Alisher Shodmonov 1962 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1985 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009-2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, 2010-2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.
2015-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati, qoʻmita raisi boʻlgan. 2017-2020 yillarda Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.
U 2020 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.