Abdurasul Abdullayev Ohangaron hokimligidan ketdi
Uning oʻrniga yangi hokim tasdiqlangan.

Abdurasul Abdullayev Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bunga uning boshqa ishga oʻtishi sabab sifatida keltirilgan.
U 2020 yildan beri ushbu lavozimda edi. Maʼlumotlarga koʻra, u Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.
Muhitdinov Erkin Madorbekovich Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Erkin Muhiddinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1997 yili Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti oliy maktabini (Yaponiya) tamomlagan.