platina.uz
Jamiyat

Sirdaryodagi uch hududda IIB boshliqlari tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Fargʻonada boʻlib oʻtgan yigʻilishda 15 ta IIB boshliqlarini ishdan boʻshatgandi. 

Sirdaryodagi uch hududda IIB boshliqlari tayinlandi

Sirdaryoda birdaniga uchta hududga IIB rahbarlari tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB maʼlumot berdi.

Jumladan, Podpolkovnik Begimov Oʻtkirjon Sattarovich - Boyovut tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Begimov Utkirjon Sattarovich Shirin shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.

Mayor Sanayev Begzot Yusubovich - Shirin shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sanayev Begzot Yusubovich Vazirlik Akademiyasi magistraturasining ikkinchi darajadagi «tashkiliy-taktik boshqaruv» yoʻnalishida tahsil olgan.

Podpolkovnik Babaxanov Zaxriddin Nuriddinovich - Guliston tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Babaxanov Zaxriddin Nuriddinovich Vazirlik Akademiyasi magistraturasining ikkinchi darajadagi «tashkiliy-taktik boshqaruv» yoʻnalishida tahsil olgan.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Fargʻonada boʻlib oʻtgan yigʻilishda 15 ta IIB boshliqlarini ishdan olgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid