platina.uz
Jamiyat

Energetika tizimidagi rahbarlar favqulodda ish rejimiga oʻtdi

1 oktabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni taʼmirlash ishlarini toʻliq yakunlash vazifasi qoʻyildi.

Energetika tizimidagi rahbarlar favqulodda ish rejimiga oʻtdi

Masʼul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini taʼminlash uchun bugundan boshlab favqulodda rejimga oʻtadi. Bu haqda prezident yigʻilishida maʼlum qilindi.

Energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini taʼminlash yuzasidan qator topshiriqlar berildi.

Ikkinchi yarim yillikda 30 milliard kub metr gaz qazib chiqarish va 41 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish, ularni isteʼmolchilarga uzluksiz yetkazib berish; yer osti gaz omborlarida gaz zaxirasini kamida 3,5 milliard kub metrga yetkazish topshirildi.

1 oktabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni taʼmirlash ishlarini toʻliq yakunlash vazifasi qoʻyildi.

Aholining talabini toʻliq qoplash uchun hududlarga qoʻshimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obʼektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash topshirildi.

Yil yakuniga qadar 400 ming tonna benzin ishlab chiqarish va 120 ming tonna import qilish zarurligi taʼkidlandi.

Energetika kompleksi rahbariyati viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda yil yakuniga qadar 3,7 milliard kilovatt soat elektr va 2,4 milliard kub metr gazni iqtisod qilish choralarini koʻradi.

Ijtimoiy soha obʼektlari va davlat idoralarida, tadbirkorlik obʼektlarida yana 250 megavatt quyosh panellarini oʻrnatish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

Yigʻilishda hudud va tarmoq rahbarlarining hisoboti ham tinglandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid