platina.uz
Iqtisod

Davlat koʻmirda ishlaydigan issiqxonalarga katta imtiyozlar beradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yigʻilish oʻtkazmoqda. 

Davlat koʻmirda ishlaydigan issiqxonalarga katta imtiyozlar beradi

Ixtiyoriy ravishda koʻmir yoqilgʻisida ishlaydigan issiqxonalarga davlat tomonidan ragʻbatlantirish paketi joriy qilinadi.

Bu haqda Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishda aytildi.

Soʻnggi yillarda issiqxonalar maydoni 3 barobarga koʻpayib, 5,2 ming gektarga yetdi, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi 90 ming tonnadan 300 ming tonnaga koʻpaydi. Muhimi, issiqxonalar 150 ming aholini yuqori daromadli ish bilan band qilmoqda.

- Shu bilan birga, qishdagi qattiq sovuqdan eng koʻp zarar koʻrganlardan biri bu – issiqxonachilar. Ularning barcha muammolaridan xabarim bor, - dedi Prezident.

Bundan buyon Energetika vazirligi, viloyat hokimlari va issiqxona xoʻjaliklari oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar tuzilishi belgilandi. Bunda vazirlik viloyat hokimlari bilan birga yoqilgʻi mahsulotlarini (koʻmir va gaz) issiqxonalarga uzluksiz yetkazib berish kafolatini beradi, issiqxonalar esa yetkazib berilgan yoqilgʻi uchun toʻliq hisob-kitob qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni ichki bozorga va eksportga chiqarish boʻyicha majburiyat oladi.

Issiqxonalarga maxsus ombor qurish va aylanma mablagʻ uchun 14 foizli kredit liniyasi ochib beriladi, isitish qozonlarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi qoplab beriladi.

Tabiiy gazda ishlaydigan issiqxonalar aylanma mablagʻlarini toʻldirishga ham 650 milliard soʻm kredit resurslari yoʻnaltiriladi.

Issiqxonalarda serdaromad mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida chetdan olib kelinadigan gul tuganaklari, piyozboshlari va qalamchalari 2025 yilga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi.

1 mingta issiqxonaning 2,2 trillion soʻmlik kreditlarini qaytarish muddati uzaytirib beriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid