Oʻrta Osiyoda mashʼum qatagʻon avj olgan kun
Platina.uz 10 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

10 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Xalqaro biodizel kuni.
1678 yil – Fransiya Qirolligi va Birlashgan viloyatlar Respublikasi Nijmegen shahrida olti yildan ortiq davom etgan Gollandiya urushini tugatgan birinchi tinchlik shartnomalarini imzoladilar.
1809 yil – Ekvador Ispaniyadan mustaqilligini eʼlon qildi. Darhaqiqat, mustaqillikka faqat 1822 yilda erishilgan.
1876 yil – dunyodagi birinchi shaharlararo telefon qoʻngʻirogʻi Ontarioda (Kanada) amalga oshirildi (shaharlar orasidagi masofa 13 km edi).
1897 yil - nemis kimyogari Feliks Xoffman tibbiyotda foydalanish uchun yaroqli kimyoviy jihatdan sof atsetilsalitsil kislotasini sintez qildi.
1913 yil – Buxarest tinchlik shartnomasining imzolandi: Ruminiya, Serbiya, Chernogoriya, Gretsiya va Bolgariya oʻrtasidagi Ikkinchi Bolqon urushi tugadi.
1937 yil – Oʻrta Osiyoda ommaviy qatagʻon avj oldi. Tarixchi Muzrobjon Abdullayevning qayd etishicha, 1937 yil 10 avgustdan 1938 yil 1 yanvargacha boʻlgan vaqtda Oʻzbekiston boʻyicha “quloqlar”dan 5924 kishi, “jinoyatchilar”dan 1679 kishi, boshqa “sovetlarga qarshi unsurlar”dan 3097 kishi, jami 10700 kishi qamoqqa olingan. Ulardan 3613 kishi 1-toifa boʻyicha otuvga, 7087 kishi 2-toifa boʻyicha 8–10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan.
1986 yil – birinchi marta sotsialistik davlat - Vengriyada Formula-1 boʻyicha jahon chempionatining Gran-prisi boʻlib oʻtdi.
2000 yil – toshkentlik kolleksioner Baxtiyor Ismatullayev xazinasidagi oʻtgan asrning saksoninchi yillariga mansub musiqa mashinasi Germaniyaning Yen shahrida oʻtkazilgan qadimiy cholgʻu asboblari koʻrgazmasida birinchi oʻrinni oldi, uning egasi esa qadimiy nemis musiqa asboblari havaskorlari jamiyatining aʼzosi etib saylandi.
2004 yil – Hubble teleskopi Somon yoʻliga oʻxshash NGC3949 galaktikasini topdi va uning video sensorlaridan birini yoʻqotdi.
2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorlari qabul qilindi.
2021 yil – argentinalik futbolchi Lionel Messi "Barselona"dagi 21 yillik faoliyatidan soʻng "Pari Sen-Jermen"ga koʻchib oʻtdi.
2022 yil – Oʻzbekiston Oliy sudiga yangi rais saylandi. Kozimjon Komilov salomatligi tufayli oʻz xohishi bilan Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etildi. Uning oʻrniga Baxtiyor Islomov Oʻzbekiston Oliy sudi raisi etib saylandi.
Hindistonda omikron koronavirus shtammining yangi varianti aniqlandi.
Saudiya Arabistoni diplomati Muhammad al-Qahtaniy Qohiradagi Arab-Afrika konferensiyasida nutq soʻzlayotgan paytida vafot etdi.
Tavalludlar
1845 yil – Buyuk qozoq shoiri Abayning tavallud topgan.
1950 yil – yozuvchi, publitsist, ssenarist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam tavallud topdi. Uning asarlari oʻziga xos yumoristik bayon uslubi, kinoyali tili, kutilmagan badiiy yechimlarga egaligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining insonga xos eng chigal jihatlarni ochiq koʻrsatmay, imo-ishora orqali aks ettirishi uning asarlari taʼsirchanligini oshiradi.
1962 yil – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev;
1963 yil – oʻzbek davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va targʻib qilish boʻyicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, prodyuser va bir qancha kitoblar muallifi Firdavs Abduxoliqov;
1979 yil – oʻzbek diplomati, Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev;
1981 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon Gʻaniyev;
1994 yil – oʻzbek dzyudochisi, XXXI va XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, aralash jamoada jahon chempionati sovrindori, IJF turnirlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik dzyudochi Gulnoza Matniyazova;
1995 yil – sprint boʻyicha ixtisoslashgan oʻzbek sportchisi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi Nigina Sharipova tavallud topgan.




