Ekvadorda prezidentlikka nomzod mitingda otib tashlandi
Villavitensio hayot belgilarisiz klinikaga olib ketilgan.

Ekvador prezidentligiga nomzod Fernando Vilyavitensio mamlakat poytaxtidagi mitingdan soʻng otib oʻldirildi.
Villavitensio hayot belgilarisiz klinikaga olib ketilgan, u yerda shifokorlar uni oʻlgan deb eʼlon qilishgan.
Otishma natijasida jami sakkizga yaqin kishi jarohatlangan, deya xabar beradi manbalar. Politsiya otishma sodir etganlarni qidirmoqda.
Amaldagi prezident Gilermo Lasso bayonot bilan chiqib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va jinoyatchilar jazosiz qolmasligini aytgan.
