Advokat boʻlish uchun ikki yillik staj talabi bekor boʻldi
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonun (OʻRQ–862, 09.08.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
Advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hayʼatida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka oʻtashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.
Ilgari: talabgor shaxs yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlish lozim edi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.