platina.uz
Jamiyat

Shavkat Umrzoqov "Maxsustrans" rahbarini jazoga tortdi

Bu boʻyicha poytaxt hokimining farmoyishi eʼlon qilindi. 

Shavkat Umrzoqov "Maxsustrans" rahbarini jazoga tortdi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqovning farmoyishi bilan "Maxsustrans" rahbari Kamoliddin Nabiyevga hayfsan intizomiy jazosi berildi.

Bunga uning qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha topshiriqlar ijrosida sustkashlikka yoʻl qoʻygani sabab qilib keltirilgan.

Eslatib oʻtamiz, kecha 8 avgust kuni poytaxt hokimining qarori bilan Toshkent shahridagi qabristonlarda qabr qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar koʻrsatish tariflari belgilangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid