platina.uz
Jamiyat

Fargʻona va Navoiydagi ogʻir muammolarga chora koʻrilmoqda

Viloyatdagi 38 ta koʻp qavatli uylarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Fargʻona va Navoiydagi ogʻir muammolarga chora koʻrilmoqda

Prezident topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi Fargʻona va Navoiy viloyatlarida boʻldi.

Guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

Jumladan, Navoiy viloyati ogʻir hududlari qatoriga kiritilgan aholi yashash manzillarida ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida ichki yoʻllarning 9,9 km yoʻl taʼmirlandi. Shundan, 5,7 km yoʻl shagʻallashtirildi, 4,2 km yoʻlga asfalt yotqizildi. Elektr taʼminotida 109 ta temir beton tayanchlar, 6 ta transformator oʻrnatildi, 3,3 km tarmoq yangidan tortildi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 6,5 km tarmoq tortildi, 1 ta suv inshootini taʼmirlash, 1 ta suv yigʻish rezervuarini oʻrnatish ishlari amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

Viloyatdagi 38 ta koʻp qavatli uylarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 24 ta uyning kirish yoʻlaklari taʼmirlandi, 12 ta uyga temir eshiklar oʻrnatildi, 8 ta uyning tom qismini, 8 ta uyning fasad qismini taʼmirlash hamda ushbu uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Zarafshon shahri “Bahor” mahallasidagi xududlar obodonlashtirildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 1 579 nafar fuqaro va tadbirkorlik subʼektlariga jami 44,1 mlrd. soʻm kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 270 nafar fuqaroga 6,1 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi.

Oʻzini oʻzi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan 131,5 mln. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

“Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasidan “Temir daftar” roʻyxatidagi 22 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 41,7 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi. “Ayollar daftari” roʻyxatidagi 184 nafar xotin-qizlarga 605 mln. soʻmlik yordamlar koʻrsatildi. Shundan, 124 nafar fuqarolarga 82 mln. soʻm miqdorida moddiy yordam mablagʻlari ajratildi, 60 nafar fuqarolarga uy-joy qurilishi uchun 523 mln. soʻmlik koʻmak berildi.

Shu kabi amaliy ishlar Fargʻona viloyatida ham olib borildi.

Xususan, 9,15 km ichki yoʻllarga asfalt qoplamasi yotqizish va shagʻallashtirish ishlari bajarildi. Aholiga qoʻshimcha 590 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 174 dona temir-beton tayanchlar oʻrnatish hamda 2,1 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 1 kmdan ortiq ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.

Kommunal xoʻjaligi sohasini yaxshilash borasida Fargʻona tumani “Vodil” mahallasida oqova suv quvurlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Aholi sogʻligʻini saqlash masalalari ham eʼtibor markazida boʻldi. Bagʻdod tumanida maqsadli tibbiy koʻrik tashkil etilib, koʻrik davomida 530 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shundan, tibbiy koʻrik jarayonida 375 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi. Tibbiy koʻriklarda kasallik aniqlangan 71 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun yoʻllanma berildi.

Kredit, subsidiya, bandlik masalasida tijorat banklari tomonidan 1 193 nafar fuqaro va tadbirkorlik subʼektlariga 71,7 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida 437 taga 6 717,0 mln. soʻm, sanoat sohasi yoʻnalishida 6 taga 1 998,0 mln. soʻm, xizmat koʻrsatish sohasiga 38 taga 26 080,0 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Qoʻqon shahrida oila va xotin-qizlar yoʻnalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, shahardagi boquvchisini yuqotgan va nogironligi bor hamda qaramogʻida nogironligi bor farzandi boʻlgan toifalardagi jami 331 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami 436,9 mln. soʻmlik moddiy yordamlar berildi. Shuningdek, ushbu xotin-qizlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham tashkil etildi. Yoki Dangʻara tumanidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 60 nafar ishsiz xotin-qizlarga ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinalari olib berildi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan Dangʻara tumanidan 60 nafar ishsiz fuqoralarga mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan, oʻzini band qilish maqsadida 294,0 mln. soʻmlik subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid