Belarusni larzaga solgan namoyishlar boshlangan kun
Platina.uz 9 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

9 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Butun jahon kitobsevarlar kuni.
Jahon tub aholisining xalqaro kuni – 1994 yilda BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan Jahon tub aholisining xalqaro oʻn yilligi davomida Jahon tub aholisining xalqaro kuni sifatida nishonlanadi.
2004 yil 20 dekabrdagi 59/174-sonli rezolyutsiyada Bosh Assambleya “Harakat va qadr-qimmat oʻn yilligi” shiori ostida Jahon tub xalqlarining ikkinchi Xalqaro oʻn yilligini eʼlon qilgan holda Xalqaro tubjoy xalqlar kunini nishonlashni davom ettirishga qaror qilingan.
1859 yil — amerikalik Neytan Eyms eskalatorga patent oldi.
1910 yil — amerikalik Alva Jon Fisher elektr kir yuvish mashinasiga patent oldi.
1928 yil – Leningrad sirki binosida dunyodagi birinchi sirk va estrada muzeyi ochildi.
1945 yil – Xirosima atom bombasidan uch kun oʻtgach, amerikaliklar Yaponiyaga "Semiz odam" deb nomlangan ikkinchi atom bombasini tashlab, Nagasaki shahrining bir qismini vayron qilishdi. 74 ming kishi halok boʻldi.
1965 yil — Singapur Malayziyadan ajralib chiqib, mustaqillikka erishdi.
1973 yil – Oʻzbekiston hukumatining qarori bilan respublikamizdagi madaniy meros obʼektlariga boy 10 shahar – Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon, Karmana, Qoʻqon, Qarshi, Gʻijduvon tarixiy shaharlar roʻyxatiga kiritildi. Bu shaharlarning tarixiy markazlari, qoʻriqxonalari hududidagi barcha yangi qurilish, qayta qurish hamda boshqa ishlar Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda rejalashtirish, amalga oshirish kerakligi belgilandi.
1978 yil – Yakutiyada 22 kiloton quvvatga ega "Kraton-4" yadroviy portlashi amalga oshirildi.
1992 yil – Barselonada XXV yozgi Olimpiya oʻyinlari yopildi.
1996 yil – Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin ikkinchi muddatga qasamyod qildi.
1999 yil – Boris Yelsin Bosh vazir Sergey Stepashinni ishdan boʻshatdi va hukumatni toʻrtinchi marta vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qildi. Keyinchalik hukumatning yangi rahbari, FSB direktori Vladimir Putin etib tayinlandi.
2007 yil – Oʻzbekiston Respublikasi bilan YuNESKO oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishdagi katta xizmatlari, oʻzbek xalqining boy madaniy, maʼnaviy va tarixiy merosini keng xalqaro jamoatchilik orasida faol targʻib qilgani, shuningdek taʼlim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Maykl Barri Leyn “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
2017 yil – Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi tashkil etildi.
2018 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
2020 yil – Belarusda oltinchi prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi. MSK taqdim etgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Aleksandr Lukashenko gʻolib boʻldi. Kechqurun va tunda koʻplab norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi, unda Minsk va respublikaning boshqa viloyatlarida oʻn minglab odamlar ishtirok etdi.
2021 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Transport toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi.
Oʻzbekiston Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoni;
- Oʻzbekiston Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
2022 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.
- Keniyada umummilliy saylovlar boʻlib oʻtdi.
Tavalludlar
1938 yil – ukrainalik siyosatchi, Ukraina prezidenti Leonid Kuchma tavallud topgan.
1949 yil – sanʼatshunos olim, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Akbar Hakimov tavallud topdi. Uning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo badiiy hunarmandligi masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan. U 2000 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
1957 yil – amerikalik aktrisa Melani Griffit;
1963 yil – amerikalik qoʻshiqchi, aktrisa, prodyuser, model Uitni Xyuston;
1977 yil — oʻzbekistonlik professional futbol hakami, FIFA Jahon Kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqarib rekord oʻrnatgan, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-Prezidenti Ravshan Ermatov;
1987 yil – oʻzbek futbolchisi, hujumchisi va yarim himoyachisi Abdulatif Abdukadirov;
1988 yil – Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova tavallud topgan.




