platina.uz
Jamiyat

Toshkentda qizga tegajoqlik qilgan shaxs oʻn yilga qamaldi

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.

Toshkentda qizga tegajoqlik qilgan shaxs oʻn yilga qamaldi

Toshkent shahri Mirobod tumanida joriy yilning aprel oyida sodir boʻlgan holat yuzasidan hukm oʻqildi. Unda nomaʼlum shaxs maktab oʻquvchisiga tegajoqlik qilgani aytilgandi.

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida O. O. (1997 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, ishsiz, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining raisi S. Sodiqov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq O. O. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid