Sirdaryo va Buxoro viloyati hokimlariga oʻrinbosarlar tayinlandi
Bekzod Ismatov bugunga qadar viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sirdaryo va Buxoro viloyati hokimlariga yangi oʻrinbosarlari tayinlandi.
Jumladan, Ismatov Bekzod Bazarbayevich viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bekzod Ismatov bugunga qadar viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ahmedov Botir Ilhomovich - Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Botir Ahmedov 1982 yil 12 iyunda Vobkent tumanida tugʻilgan. 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi-xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznesni boshqarish.
Ayni vaqtga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihalar ofisi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.




