Ikki vazirga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Bu lavozimda avval ishlagan Azizbek Ikromov Fargʻona viloyati IIB boshligʻi etib tayinlangandi.

Davron Nazarmuxamedov Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bu lavozimda avval ishlagan Azizbek Ikromov Fargʻona viloyati IIB boshligʻi etib tayinlangandi.
Tayinlovga qadar Davron Nazarmuxamedov Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi edi.
Anvar Karimov qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari vazifasida ishlagan.




